dasturlash xizmati
dasturlash xizmati
Bir sahifali saytlarXizmat tavsifi
Bu yerda sizga tayyor holatdagi web-sayt shablonlari va kodlarini taklif qilaman. HTML/CSS/JS, React yoki Next.js’da yig‘ilgan loyihalar bor. Dizaynlar zamonaviy, kodlar esa tartibli va o‘zgartirishga juda qulay.
Saytlar mobilga mos, tez yuklanadi va SEO bo‘yicha optimallashtirilgan. Landing page, portfolio, biznes sayti yoki blog bo‘lishidan qat’i nazar — barchasi ishlashga tayyor holatda beriladi.
Agar kerak bo‘lsa, Figma’dan tayyor kodga o‘tkazish, animatsiya qo‘shish yoki qo‘shimcha funksiya qilishim ham mumkin. React va Next.js loyihalarida komponentlar toza yozilgan, routing, API bilan ishlash va dark mode kabi funksiyalar bor.
Qisqasi, tayyor sayt olib darhol ishlatishingiz mumkin yoki o‘zingizning brendingizga moslab bemalol o‘zgartirishingiz mumkin.
Boshlash uchun kerak
Qaysi texnologiyada sayt kerakligi (HTML/CSS, React, Next.js)
Sayt turi: landing, portfolio, biznes sayt, blog yoki boshqasi
Ranglar, uslub yoki yo‘nalish bo‘yicha istaklar bo‘lsa — yozib qoldiring .
Agar mavjud bo‘lsa: logotip, Figma dizayn yoki misol sifatida yoqqan saytlar
Shu ma’lumotlar yetadi — qolganini o‘zim to‘liq qilib beraman.
Nimalar kiradi
• Tayyor web-sayt kodi (HTML/CSS/JS yoki React / Next.js) • To‘liq responsive — telefon, planshet, kompyuterda moslashgan dizayn • Dizayn, ranglar va layoutni kerak bo‘lsa moslab berish • Kichik o‘zgarishlar va tahrirlar (siz belgilagan tahrirlash soni bo‘yicha) • Barcha fayllar: pages, components, assets, styles, images • Tez yuklanadigan optimizatsiya qilingan kod • Dark/Light mode (agar loyihada bo‘lsa) • Animatsiyalar (Framer Motion yoki CSS animatsiyalar) • SEO uchun asosiy meta-teglar (Next.js bo‘lsa) • O‘rnatish bo‘yicha qisqa qo‘llanma (projectni qanday ishga tushirish)
Bexruz Azizov
Oxirgi faollik: 30-Noyabr 2025, 18:24
Portfolio (4 ta portfolio)






















Fikrlar
tadan 0 ta ko'rsatilgan